Header image  
   
line decor
   Mehmon, xush kelibsiz!
line decor
 
 
 
 
 
   

TOSHKENT SHAHRI TARIXI

Toshkentning maqtasa – maqtagulik, faxrlansa arziydigan  xos tarixi, muborak qadamjolari, obidalari, betakror manzilgohlari, xususan ulug’  tarixiy siymolari borki, ular butun mamlakatimiz, millatimiz uchun, keng manoda, butun Turkiston, balkim Osiyo uchun hurriyat – milliy uyg’onish, manaviy ibrat, marifiy saboq maktabi, yangi zamon madaniyati (tsivilizattsiyasi), taraqqiyoti uchun dorilfurun xizmatini o’tagani shak – shubhasiz.
  2200 yildan ortiqroq tarixiga yega bo’lgan Toshkent shahrining bizgacha yetib kelgan yozma manbalariga to’xtalsak, Beruniy o’zining “Hindiston” asarida Toshkent nomining kelib chiqishi haqida so’z yuritib, “tosh” so’zi turkcha bo’lib “shosh” ko’rinishini olgan. Toshkent – toshli qishloq demakdir”, - deb izohlaydi. U vohaning nomiga ham to’htalib,  uni poytaxt nomi shosh (arabcha – ilgargi Choch) bilan ham bog’laydi. Shahar tarixini o’rganuvchi olimlar shu fikrni o’zlariga asos qilib olganlar. Joy nomlarining aksariyati ko’hna tarixiy mahsuli bo’lib, bu nomlarning paydo bo’lishi haqida xalq orasida ko’plab afsona va rivoyatlardan biri, shaharni o’z qo’l ostiga olgan bahodir Tosh nomi bilan ham bog’langan.
  Toshkent haqidagi dastlabki malumotlar miloddan avvalgi II asr – milodning V asrlariga mansub Xitoy manbalarida xam uchraydi.  Ularda Toshkent  viloyati qadimda “Shi” deb xam nomlangan. Bu “Choch” so’zining xitoycha talaffuzi bo’lib, xitoychada “Tosh” manosini anglatgan.
  Turkiylar sug’d hokimlari o’rniga turk ayonlarini qo’yganlar. Choch vohasi hokimi Tosh deb atalgan. Afsonada (605 yil) so’g’d eli yerlik hokimining o’limi tasvirlangan bo’lib, Dele ismli nasabliy turkiy bilan almashtirilgani va yangi hokim o’zini tosh deb atagani hikoya qilinadi. O’shandan beri Toshkent “Toshning shahri”, ya`ni “tosh shahar”, yilnomalarda esa “Xan – Chje – Shi” deb yuritilgan. Shu atamalarning o’zida turlicha bo’lgan so’zlar – kent (s. – f.t) va tosh (t.) so’zlari borligini ko’ramiz.
  713 yilda Chochga kirib kelgan arab qushinlari tomonidan shahar vayron qilinadi. IX asrga kelib, avvalgi o’rnidan 4 – 5 km. Shimoli – g’arbroqda yangi shahar vujudga keldi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat deb tilga olindi. Mahmud Qoshg’ariy asarlarida Binkat “Tarkan” shaklida ham uchraydi. Yozma manbalarda va arxeologik tadqiqotlardan malum bo’lishicha, Binkat shaharning Sebzor, Ko’kcha va Beshyog’och hududlarida, aniqrog’i, Xadra, Eski Jo’va va Chorsu oralig’ida joylashgan. Shahar arki aloxida devor bilan o’ralib, 2 darvozasi bo’lgan, biridan rabotga, ikkinchisidan shahristonga chiqilgan. Ark ichida hokim saroyi, zarbxona va qamoqxona joylashgan bo’lib, ark devoriga tashqaridan Jome masjidi tutashgan. Shahriston arkka qaraganda katta hududni egallab, u ham devor bilan o’ralgan. Shahristonning Abul Abbos, Gumbaz, Kasr nomli uchta darvozasi bo’lgan. Darvozalardan biri hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi teatr binosi oldiga joylashgan. Shahriston hunarmandlarining mahallalari: amirlikning qarorgoxlari, muldorlarning ko’shk va ko’rg’onlari, savdo do’konlari bo’lgan. Shahristonning Gulbozor mahallasida butun Turkiston va Xurosonda piri murshidlardan biri darajasiga ko’tarilgan, nomi butun islom dunyosida ulug’langan Xo’ja Ahror Vali hazratlari tomonidan Jome masjidi va madrasasi qurdirilgan (XV asr). Shahristonning janubiy – g’arbida keyinchalik Ko’kaldosh madrasasi qurilgan.
  Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da Toshkent nomi ustida to’xtalib, “..asarlarda Toshkent nomini Shosh, ba`zan Choch deb yozadilar”, - deb qayd etadi. Biroq XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi nomlari Choch, Shosh va Binkat atamalari asta – sekin muomaladan tushib qoladi. XVII asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: “Shosh – Sayxun (Sirdaryo) ning u tomoniga joylashgan shahar va u Turkiston (viloyat) ga qaraydi... Uni Choch deb ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir”.
  Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharlarning qad ko’tarishi shu o’lkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon bo’lib, bu jarayon shubhasiz o’lkaning o’zlashtirilib obod Yetilishi, ayniqsa unda chorvachilik va dehqonchilik xo’jaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng bo’lib, u yozma manbalarga nisbatan ko’proq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda.

 
 
   

Avvalgi yillarning qanday nomlangani bilan tanishing:

1996 yil - "Amir Temur yili"

1997 yil - "Inson manfaatlari yili";

1998 yil — "Oila yili";

1999 yil — "Ayollar yili";

2000 yil — "Sog'lom avlod yili";

2001 yil — "Onalar va bolalar yili";

2002 yil — "Qariyalarni qadrlash yili";

2003 yil — "Obod mahalla yili";

2004 yil — "Mehr va muruvvat yili";

; 2005 yil — "Sihat-salomatlik yili";

2006 yil — "Homiylar va shifkorlar yili";

2007 yil — "Ijtimoiy himoyalash yili";

2008 yil — "Yoshlar yili";

2009 yil — "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili";

2010 yil — "Barkamol avlod yli";

2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili";

2012 yil - "Mustahkam oila yili".

Nasib qilsa 2013 yilni xam yaxshi qarshi olaylik kelayotgan yangi yil barchamizga barokatli kelsin.


 

 

 

 

   

2013

Barcha huquqlar himoyalangan.